«Beeline Music» xizmatiga obuna bo'lish va taqdim etish qoidalari
1. «Beeline Music» xizmatining tavsifi
«Beeline Music» xizmati Beeline Abonentlariga real vaqti davomida musiqiy kontentga kirish
imkoniyati hamda Abonent uchun quyidagi qulayliklarni taqdim etadi:
«Beeline Music» xizmatining barcha yangi Foydalanuvchilariga abonent to'lovisiz kirish
uchun bir martalik muddat amal qilib, 10 kalendar kunga taqdim etiladi;
«XIT», «Super XIT», «Mega XIT», «TOP XIT», «Status Silver», «Status Gold» va
«Status Platinum» tariflardagi abonentlari uchun promo-muddatning vaqti 30 kunni
tashkil etadi. Promo-muddatning vaqti tugagandan so'ng, xizmatga kunlik obunasi
avtomatik ravishda faollashtiriladi.
«Smartphone» tarifidagi abonentlari uchun promo-muddatning vaqti 90 kunni tashkil
etadi. Promo-muddatning vaqti tugagandan so'ng, xizmatga kunlik obunasi avtomatik
ravishda faollashtiriladi.
xizmat doirasida xorijiy va o'zbek ijrochilarining musiqiy treklar va albomlarini tinglash;
yuklab olingan, keshlangan musiqiy kontentni oflayn rejimida tinglash imkoniyati
(Internetga kirish imkoniyati bo'lmasa);
yangi musiqiy kompozitsiyalar, albomlar, pleylistlar va janrlar bo'yicha tavsiyalar;
o’z pleylistni tuzish imkoniyati;
pauzaga qo’yish, orqaga o'tkazish, keyingi kompozitsiyaga o'tish, tinglash davriyligi;
tavsiya etilgan va mavjud bo’lgan kompozitsiyalar (kompozitsiya nomi, ijrochi, albom
muqovasi) nomlarini ko’rish imkoniyati;
onlayn radio tinglash.
2. «Beeline Music» xizmatini yoqish va o'chirish»
2.1. «Beeline Music» xizmatini o'rnatish uchun Abonent quyidagilarga ega bo'lishi kerak:
2.1.1. Abonent qurilmasi;
2.1.2. Musiqiy kontentni tinglash uchun amaldagi internet tarmog’iga ulanishda kafolatlangan
128 kb/s dan kam bo’lmagan tezlik;
2.1.3. Abonent qurilmasida o'rnatilgan ilova yoki Abonent qurilmasi va/yoki shaxsiy kompyuter
orqali xizmatning veb-portaliga kirish imkoniyati.
2.2. Xizmatga ulanishda, Abonent xizmatning ro'yxatidan o'tishi uchun quyidagi usullar biridan
foydalanib, Login qatorida - abonent raqamini kiritgan holda amalga oshiradi:
- music.beeline.uz web-portali orqali
- Mobil ilova orqali
2.3. Xizmat «UNITEL» MChJ mobil operator tarmog'i orqali Beeline savdo brendi ostida taqdim
etiladi. Abonent to'lovining miqdori va narxlanishi Operator tomonidan belgilanadi. Xizmatni
taqdim etish uchun batafsil shartlarni beeline.uz veb-sayti orqali aniqlashtirishingiz mumkin.
2.4. Xizmatga birinchi marta ulanganda, Abonentga quyidagi matnda bir martalik muddati
bo’yicha, xizmatdan bir martalik abonent to'lovisiz foydalanish haqida ya’ni 10 kunlik
foydalanish muddati (Sinov muddati) va sinov muddati tugaganidan keyin olinadigan abonent
to'lovi miqdorini ko'rsatuvchi tegishli xabarnoma yuboriladi. Sinov muddatining narxi xizmat
narxiga kiritilgan.
2.5. Agar sinov muddati davomida abonent xizmatni o’chirsa va keyinchalik xizmatga qayta
ulanadigan bo’lsa, abonentga sinov muddati boshqa taqdim etilmaydi.
2.6. Xizmatga ulangandan so'ng va abonent to'lovi o'z vaqtida to’langan taqdirda, Abonent
tomonidan o'rnatilgan mobil ilova orqali Internet tarmog’iga ulangan bo’lsa, istalgan vaqtda
xizmatga kirish imkoniyatiga ega, shuningdek, shaxsiy kompyuterlar orqali brendli saytdan
foydalanib, music.beeline.uz internet manzilida Beeline abonent raqami kiritilgandan keyin
olingan login va parolni kiritgan holda kirib foydalanish mumkin.
2.7. Agar parolni unutgan bo'lsangiz, tizim Sizga xizmatning avtorizatsiyasidan o’tish uchun
yangi parolni yuborishi mumkin.
2.8. Xizmatni o’chirishda quyidagi usullardan amalga oshiriladi:
SMS orqali - kunlik obuna xizmatini o'chirish uchun «0» sonini, «XIT», «Super XIT»,
«Mega XIT», «TOP XIT», «Status Silver», «Status Gold» va «Status Platinum»
tariflarida 30 kunlik promo-muddatli obunani o'chirish uchun «2» sonini hamda,
«Smartphone» tarifidagi 90 kunlik promo-muddatni obunasini o’chirish uchun «3» sonini
15100 raqamiga bepul SMS yuborish orqali amalga oshiriladi.
USSD *400#
3. Xizmat uchun abonent to'lov narxi:
kunlik to'lov: 599 so’m
oylik to'lov: 14 999 so’m
Abonent to'lovini o'z vaqtida to’lash xizmatdan foydalanishning majburiy shartlaridan biridir.
Obunaning turiga qarab, xizmatdan foydalanish uchun abonent to'lovi yechilgan vaqtidan
boshlab va keyingi to'lov muddati Toshkent vaqti bilan soat 00:00 gacha taqdim etiladi.
4. Internet-trafikning narxlanishi:
4.1. Xizmat Beeline Abonentlariga real vaqti davomida, xizmat uchun abonent to'lovini o'z
vaqtida to'lanishi sharti bilan musiqiy kontentga kirish imkonini beradi.
4.2. Xizmat Internetga kirish imkoni mavjud bo'lganda taqdim etiladi. Internet tarmog'iga kirish
imkoni bo'lmagan taqdirda, abonent tomonidan yuklab olingan, keshlangan musiqiy kontentga
kirish imkoniyati mavjud bo’ladi.
4.3. Xizmat ulangan vaqtda, Beeline abonentlari uchun xizmatning doirasida bo’lgan kiruvchi va
chiquvchi mobil internet-trafik narxlanmaydi.
4.4. O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida xizmatga ulanadigan bo’lsa, kiruvchi va
chiquvchi internet-trafik belgilangan rouming tariflariga muvofiq narxlanadi.
4.5. Agar Abonent uchinchi tomon operatorlarining internet-trafigidan foydalanadigan bo’lsa,
kiruvchi va chiquvchi internet-trafik sarflanishi uchinchi tomon operatorlarining belgilangan
tariflariga muvofiq narxlanadi.
4.6. Operator xodimlariga o’z xizmat vazifalarini bajarish oqibatida ma’lum bo’lib qolgan
Abonentlar to’g’risidagi ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining
qonunlariga muvofiq himoyalanadi. Maxfiy ma’lumotlar, Abonent Operator xizmatlaridan
foydalanganida, shuningdek Operator veb-saytiga kirganida qo’llaniladi. Maxfiy ma’lumotlar,
Abonent Operator tarmog’I va xizmatlari orqali boshqa kompaniyalar veb-saytlari va
xizmatlaridan foydalangan taqdirda ham, ularga nisbatan qo’llanilmaydi.
4.7. Telekommunikatsiya tizimlari bo’yicha uzatiladigan xabarlar hamda xabarlarning o’zi
to’g’risidagi axborot faqat ularni jo’natuvchilarga (Operator Abonentlariga) yoki ularning
qonuniy vakillariga berilishi mumkin. Telefon orqali suhbatlarni eshitish, telekommunikasiya
tarmoqlari orqali tarqaluvchi xabarlarni o’qish, ular bilan tanishish va suhbat sirining boshqa
cheklovlariga faqatgina qonunda belgilangan holatlarda va qonunda belgilangan tartibda yo’l
qo’yiladi. Operator shartnomani bajarish natijasida unga ma'lum bo'lgan abonent haqidagi
ma'lumotlarni abonent roziligisiz tarqatish yoki uchinchi shaxslarga o'tkazish huquqiga ega
emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
4.8. Ushbu Oferta shartlari asosida «Beeline Music» xizmatidan foydalanganda, Abonent
Operatorga o’zining shaxsiy ma’lumotlarini, hamda xizmat ko’rsatish jarayonida Operatorga
ma’lum bo’lgan boshqa axborotlarni qayta ishlashiga, shuningdek, O’z.R. amaldagi qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan va maqsadli hollarda, ularni uchinchi shaxslarga, shu jumladan
huquqni muhofaza qilish funktsiyalarini bajaradigan shaxslarga berilishi yuzasidan rozilik
beradi. Agar Abonent shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligini bekor qilishga qaror
qilsa, Operator amaldagi Ofertaga asosan xizmat ko’rsatishni cheklaydi. Abonent shaxsga doir
ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligini bekor qilsa, shuningdek maqsadlarga erishilganidan
so’ng, Operator taqdim etilgan shaxsga doir ma'lumotlarni yo'q qilishi mumkin.
4.9. Operator Abonent tomonidan «Beeline Music» xizmatidan foydalanishni boshlangan
vaqtdan boshlab va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadiga yetgunga qadar abonent
ma'lumotlarini dasturiy-apparat vositalaridan foydalangan holda Abonentning ma’lumotlarini
qayta ishlaydi. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash deganda, shaxsiy ma'lumotlarni to'plash,
tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, foydalanish, ta’minlash, tarqatish, uzatish, egasiz
qoldirish va yo'q qilish faoliyatlarining birini yoki bir qator harakatlarni amalga oshirish deb
tushuniladi.
«Beeline Music» xizmati haqida savollaringiz bo'lsa, Abonent quyidagi qisqa raqam orqali
Mijozlarga xizmat ko'rsatish xizmati (ish vaqti: 24 soat) murojaat qilishi mumkin:
0611 - Beeline mobil raqamidan
(90) 185-00-55 barcha raqamlardan
5. Qo'llanadigan qurilmalar:
Xizmatni quyidagi qo'llanadigan qurilmalarga o'rnatish mumkin:
- Android ga asoslangan smartfonlar va planshetlar (5+ versiyasi), mobil ilovani o'rnatish orqali
- IOS ga asoslangan smartfonlar va planshetlar (12+ versiyasi), mobil ilovani o'rnatish orqali
- WEB shaxsiy kompyuterlar (Windows, Mac OS, UNIX) va internet-brauzerlarga o'rnatilgan
operatsion tizimlarning har qanday versiyani qo'llaydiganlardan: Chrome 31 va undan yuqori,
Firefox 31 va undan yuqori, Opera 30 va undan yuqori, Internet Explorer 10 va undan yuqori,
Safari 8 va undan yuqori.
Dastur va xizmat «Торнадо Менеджмент» MChJ hamkori tomonidan taqdim etiladi.